Layer 2 switch tarmoqlarida ortiqcha fizik yo‘llar loop hosil qilishi mumkin. STP redundant yo‘llardan bir qismini bloklab, Layer 2 loop’larni oldini oladi.
Muhim atamalar
- Root Bridge — STP daraxtining markaziy switch’i.
- Root Port — root bridge tomon eng yaxshi yo‘l.
- Designated Port — segment uchun forwarding port.
- Alternate Port — zaxira yo‘l, odatda bloklangan holatda.
Cisco IOS tekshiruvlari
show spanning-tree
show spanning-tree vlan 10
show spanning-tree rootPortFast va BPDU Guard
End-device ulangan access portlarda PortFast ishga tushish vaqtini qisqartirishi mumkin. BPDU Guard esa bunday port BPDU qabul qilsa, noto‘g‘ri switch ulanishidan himoya qilishga yordam beradi. Faqat chekka portlarda, topologiyani tushungan holda qo‘llang.
interface range fastEthernet 0/1 - 12
switchport mode access
spanning-tree portfast
spanning-tree bpduguard enableMashq
Uchta switchni redundant linklar bilan ulang, root bridge tanlanishini kuzating va show spanning-tree natijalarini izohlang.