SSH masofadagi Linux server bilan shifrlangan aloqa o‘rnatish uchun ishlatiladi. Serverda OpenSSH Server paketi va ishlayotgan sshd xizmati bo‘lishi kerak.
Xizmat holatini tekshirish
sudo systemctl status ssh
sudo ss -tlnp | grep ’:22’Kalit juftligini yaratish
ssh-keygen -t ed25519 -C "feruzbek-laptop"
ssh-copy-id user@192.0.2.10
ssh user@192.0.2.10Maxfiy private key faylini hech kimga yubormang. Public key (.pub) serverdagi authorized_keys fayliga joylanadi.
Xavfsizlik tekshiruvlari
- Keraksiz akkauntlarga SSH kirishini bermang.
- Kalit fayl ruxsatlarini cheklang (
chmod 600). - Firewall’da SSH portini faqat kerakli manbalardan oching.
- PasswordAuthentication sozlamasini o‘zgartirishdan oldin yangi kalit bilan kirish ishlashini ikkinchi sessiyada tekshiring.
Mashq
Virtual mashinada Ed25519 kalit yarating, public key’ni serverga yuboring va kalit bilan loginni sinang.