DHCP jarayoni
DHCP mijozga IP manzil, subnet mask, gateway va DNS kabi parametrlarni avtomatik beradi. MikroTik'da DHCP server yaratishdan oldin interfeysga IP manzil beriladi.
Winbox orqali
1. IP → Addresses bo‘limida LAN interfeysga gateway IP belgilang.
2. IP → Pool orqali tarqatiladigan manzillar oralig‘ini yarating.
3. IP → DHCP Server → DHCP Setup ustasini ishga tushiring.
4. Network, gateway, pool va DNS parametrlarini tekshiring.
Terminalda ko‘rish
/ip address print
/ip pool print
/ip dhcp-server print
/ip dhcp-server lease printMashq
Virtual MikroTik laboratoriyasida alohida LAN subnet uchun DHCP server sozlang va mijoz lease olganini tekshiring.